Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Ko‘p qavatli uylarda 990 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ko‘p qavatli uylarda 990 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz shahrida «T.T.Q.» xususiy korxonasi tomonidan 2 dona 14 qavatli bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurilib, tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan, loyiha hujjatlarisiz o‘zboshimchalik bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 990,6 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:35. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!