Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Ko‘p qavatli turar joy binosida 943,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi

Ko‘p qavatli turar joy binosida 943,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi

«O‘zenergoinspeksiya» Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Shahrixon tumanida joylashgan “U. I. S.” MCHJ tomonidan qurilgan 2 ta (7 qavatli) bino gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 943,1 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:20 17.07.2025. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!