Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

“Ko‘ngillilar koalisiyasi” Rossiyaning yangi hujumi yuz berganda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga tayyor

“Ko‘ngillilar koalisiyasi” Rossiyaning yangi hujumi yuz berganda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Reuters agentligi bu haqda “Ko‘ngillilar koalisiyasi”ning bayonoti loyihasiga tayanib xabar bermoqda.

Bayonotda qayd etilishicha, agar kelajakda Rossiya Ukrainaga yana qurolli hujum qilsa, “Ko‘ngillilar koalisiyasi” a’zolari Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarni o‘z ichiga olgan majburiyatlarni bajarishi zarur. Ushbu majburiyatlar harbiy imkoniyatlardan foydalanish, razvedka va logistika tomondan qo‘llab-quvvatlash, diplomatik tashabbuslar, qo‘shimcha sanksiyalarni joriy etishni o‘z ichiga olishi mumkin.

"Shuningdek, koalisiya a’zolari Qo‘shma Shtatlarning qo‘llab-quvvatlashi bilan Ukraina Qurolli kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatishni va qurol yetkazib berishni davom ettiradi. Bundan tashqari, koalisiya davlatlari AQSh rahbarligida bo‘lgan “o‘t ochishni to‘xtatish rejimini nazorat qilish mexanizmi”da ishtirok etadi", deyiladi hujjat loyihasida.

Bayonot matni bugun Parijda bo‘lib o‘tadigan “Ko‘ngillilar koalisiyasi” yetakchilari sammitida tasdiqlanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:57 06.01.2026. O'qildi: 1319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!