Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ko‘mir biznesi bilan shug‘ullangan firibgar 51 mln. so‘m jinoiy jarima to‘ladi

Ko‘mir biznesi bilan shug‘ullangan firibgar 51 mln. so‘m jinoiy jarima to‘ladi

Ma’lumki, hayotda jinoiy qilmishlarni sodir etilishiga odatda, kimningdir nafs qutqusiga uchishi, qonun talablariga bepisand munosabati va o‘zgalar huquqini hurmat qilmaslik kabi illatlar sabab bo‘ladi.

Kuz-qish mavsumi insonlar uchun issiqlik, qulaylik va oilaviy muhitni ta’minlash vaqtidir. Bunday paytlarda ko‘mirga bo‘lgan talab ortib, ko‘pchilik odamlar o‘z xonadonlarini isitish uchun uni sotib olishadi. Ammo, bu faoliyatdan foyda olishni maqsad qilgan Xaydar va Xamidning jinoiy sxemalari haqiqatda faqatgina moliyaviy manfaatlarni ko‘zlashdan iborat edi.

Xaydar ko‘mir ombori mudiri sifatida aholiga imtiyozli narxlarda ko‘mir yetkazib berish vazifasini bajarishi kerak edi. Biroq u bu vazifasini suistimol qilishga kirishib, yordamchisi Xamid bilan birlashib jinoiy “ko‘mir” biznesini boshladi.

Lekin ota-bobolarimiz aytganidek: "Qing‘ir ishning qiyg‘i qirq yilda ham bilinadi". Ularning biznesi uzoqqa cho‘zilmadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Rishton tuman sudining qaroriga asosan, Xaydardan jinoiy jarima to‘lash bo‘yicha ijro hujjati Byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi. Davlat ijrochisining majburiy ijro harakatlari natijasida “ko‘mirchi” biznesmendan 51 mln so‘m jinoiy jarima undirildi.

Kiritildi: 13:01 19.03.2025. O'qildi: 1299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!