Ko‘kdala tumanida sodir bo‘lgan xolat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Bugun, 5 avgust kuni soat 22:20 da Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani, “Oltindala” MFYda joylashgan avtomobillarga gaz quyish shaxobchasi hududida propan suyultirilgan gaz tashuvchi avtosisternadan propan saqlash rezervuarga yoqilg‘i to‘kish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:22 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:30 da qurshab olingan va soat 22:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 1 ta avtosisterna va 10 kub propan suyultirilgan gaz saqlash rezervuari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatiida avtosisterna haydovchisi yengil kuyish tan jarohati olgan.
Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari yetib borgan.