"Inter Mayami" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichida "Palmeyras"ga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Tadeu Alende va Luis Suaresning gollariga braziliyaliklar 80 va 87-daqiqalarda Paulinyo hamda Maurisioning aniq zarbalari bilan javob qaytardi.
Guruh bosqichidan so‘ng "Palmeyras" va "Inter Mayami" 5 ochkodan jamg‘arib, A guruhida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.