Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

KO‘JCH. Ilk yarim final juftligi aniq bo‘ldi

KO‘JCH. Ilk yarim final juftligi aniq bo‘ldi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida dastlabki chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Braziliyaning "Fluminense" klubi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasidan ustun keldi - 2:1. Keyinroq Londonning "Chelsi" klubi xuddi shu hisobda Braziliyaning boshqa bir jamoasi - "Palmeyras"ni mag‘lub etdi.

Yarim finalda "Fluminense" va "Chelsi" o‘zaro to‘qnash keladi. O‘yin 8 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

1/4 finalning qolgan ikki o‘yinida "PSJ" "Bavariya" bilan, "Real" Dortmundning "Borussiya"si bilan to‘qnash keladi. O‘yinlar shanba kuni 21:00 va 01:00 da bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar keyinroq o‘zaro final yo‘llanmasi uchun bahslashadilar.

Kiritildi: 09:14 05.07.2025. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!