Xabar berilishicha, rekord darajadagi yomg‘irlar Xitoy poytaxtini suv ostida qoldirgan. Ko‘chalar kuchli oqimlarga aylanib, mashinalar va odamlarni ham oqizib ketmoqda. Shahar atroflaridagi qishloqlar suv ostida qolgan.
Mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, 40 dan ortiq daryo o‘zanidan toshib chiqqan. Sinoptiklar kuchli yomg‘irlar yana uch kun davom etushi mumkinligini bildirishgan.
Xitoy Markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, 30 kishi halok bo‘lgan, taxminan 80 ming aholi evakuasiya qilingan.