Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Kuchli jazirama sabab Toshkent yer usti metrosida poyezdlar tezligi pasaytiriladi

Kuchli jazirama sabab Toshkent yer usti metrosida poyezdlar tezligi pasaytiriladi

15 iyuldan boshlab Toshkent metropolitenining yer usti yo‘nalishlarida harakatlanayotgan poyezdlar tezligiga vaqtinchalik cheklov joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mamlakatda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sababli yer usti temir yo‘l relslari harorati belgilangan me’yor — 55 darajadan yuqori darajada qizib ketmoqda. Shu bois poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida har kuni soat 18:00 gacha poyezdlar tezligi 60 km/soatdan 40 km/soatgacha pasaytiriladi.

Bu metro poyezdlari harakat intervaliga ham qisman ta’sir qilishi mumkin. Natijada yer usti yo‘nalishlarida poyezdlarning kelish vaqti 14 daqiqagacha uzayishi kutilmoqda.

Cheklov faqat yer usti yo‘nalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarga tatbiq etiladi, yer osti metro yo‘nalishlari esa odatdagi tartibda ishlashda davom etadi.

Kiritildi: 17:13 14.07.2026. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!