Finlyandiya Bosh vaziri Putinga bosim o‘tkazishga chaqirmoqda.
Petteri Orpo xalqaro hamjamiyatni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukrainadagi urushda to‘xtatish rejimini muhokama qilishni boshlash uchun bosim o‘tkazishga da’vat etdi.
"Kuch ishlatilmasa, Putin yechim izlamaydi. Shuning uchun bizga ko‘proq bosim kerak," - dedi Finlyandiya Bosh vaziri AFP agentligiga Paimioda (Finlyandiya) bo‘lib o‘tgan Shimoliy mamlakatlar Bosh vazirlari uchrashuvida.
U Rossiyaning bosqinini qaytarish uchun "sanksiyalar, Ukrainaga harbiy yordam, yanada ko‘proq harbiy yordam, siyosiy qo‘llab-quvvatlash - qo‘ldan kelgan barcha narsa" kerakligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Norvegiya Bosh vaziri Jonas Gahr Store hozirgacha Rossiyaning Ukrainada urushni to‘xtatish istagini bildiruvchi belgilar yo‘qligini aytdi.
"Afsuski, biz buning hech qanday alomatini ko‘rmadik," - dedi u axborot agentligiga.
"Umid qilamanki, bu AQShni aniqroq pozisiya egallashga va bosim o‘tkazishga undaydi, orqaga chekinmaydi," - dedi u Rossiyaning yaqinda tinch aholiga qilgan hujumlarini nazarda tutib.