Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Kubaning Abdala vaksinasi koronavirusning og‘ir shakllariga qarshi 100% samarador — OAV

Kubaning Abdala vaksinasi koronavirusning og‘ir shakllariga qarshi 100% samarador — OAV

Klinik sinovlarning uchinchi bosqichida Kubaning koronavirusga qarshi Abdala vaksinasi kasallikning og‘ir shakli va o‘limga qarshi 100% samaradorligini namoyish etdi, deya xabar bermoqda TASS Prensa Latina ma’lumotlariga tayanib.

«Koronavirusga qarshi Abdala vaksinasi klinik tekshiruvlarining uchinchi bosqichi samaradorligi to‘g‘risida ma’lumotlar olindi, natijalar juda yaxshi», — deya agentlik vaksinani ishlab chiqqan Genetik muhandislik va biotexnologiya markazi direktori Marta Ayalaning so‘zlarini keltiradi.

Ayalaning ta’kidlashicha, vaksinaning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etadiganlarni 300 ming kishiga yetkazish rejalashtirilgan.

Iyun oyining ikkinchi yarmida Kuba preparatning klinik tadqiqotlari tugaganligini e’lon qildi, uning koronavirus simptomatik kursiga qarshi samaradorligi 92,28% ni tashkil etgan.

Kiritildi: 19:10 17.07.2021. O'qildi: 3788 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!