Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Moron shahrida namoyishchilar hukmron Kommunistik partiya binosiga hujum qilib, unga o‘t qo‘ydi. Namoyishchilar “Yo‘qolsin kommunizm yo‘qolsin” deb hayqirmoqda.
Kubaning ko‘plab hududlarida ikki haftadan beri elektr energiyasi yo‘q, neft ta’minoti to‘xtatilganiga esa uch oy bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, energetika kollapsi fonida Kuba hukumati sanksiyalarni yumshatish va yoqilg‘i olish umidida AQSh bilan muzokaralarni boshlagan.