Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Kuba prezidenti "Yangi iqtisodiy siyosatga" o‘tishini e’lon qildi

Kuba prezidenti "Yangi iqtisodiy siyosatga" o‘tishini e’lon qildi


Xabarlarga ko‘ra, Migel Dias-Kanel 20 ta banddan iborat iqtisodiy transformasiya rejasini ma’lum qildi. Ularning asosiylari — ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va rejalashtirishni markazdan chiqarishdir.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, rejalashtirish masalalarini korxonalarning o‘z ixtiyoriga topshirish ko‘zda tutilmoqda. Bundan maqsad, korxonalar nima ishlab chiqarishni o‘zlari belgilashi, foyda ko‘rishi va ushbu foyda hisobidan ishchilarni moddiy rag‘batlantirish ko‘zlanmoqda.

Ma’lumot uchun, bu kabi xo‘jalik hisobi tizimi 1920-yillarda Sovet Ittifoqining Yangi iqtisodiy siyosati davrida mavjud bo‘lgan, shundan so‘ng 1960 va 1980-yillarda qisqa muddatga qayta tiklangan edi.

Bundan tashqari, hamma uchun narxlarni subsidiyalashdan voz kechib, muhtoj odamlarga manzilli yordam ko‘rsatish tizimiga o‘tish kursi e’lon qilindi. Bu esa aholining aksariyat qismi uchun narxlarning oshishini anglatishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 21:01. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!