Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kuba AQShning “100 million dollarlik yordam” bayonotini rad etdi

Kuba AQShning “100 million dollarlik yordam” bayonotini rad etdi

Kuba Vashington tomonidan taklif qilingani aytilayotgan 100 million dollarlik insonparvarlik yordami haqida hech narsa bilmaydi – mamlakat TIV rahbari Bruno Rodriges.

Avvalroq AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Kuba hukumati Qo‘shma Shtatlar taklif qilgan insonparvarlik yordamini rad etganini da’vo qilgan edi.

"Kimdir AQSh Davlat kotibidan Kubaga taklif qilingan va bu yerda hech kim eshitmagan 100 million dollarlik insonparvarlik yordami haqidagi uydirma haqida so‘rashi kerak", — deb yozdi Rodriges o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kuba Tashqi ishlar vaziri ushbu mablag‘larni aynan kim ajratishi, ular naqd pul ko‘rinishida bo‘ladimi yoki yuklar yetkazib beriladimi, yordam orolda qanday taqsimlanishi va tegishli taklif qachon Gavana rasmiylariga rasman yuborilishini aniqlab olish foydadan xoli bo‘lmasligini ta’kidladi.

"Ular 100 million dollar haqida yolg‘on gapirishmoqda", — deya xulosa qildi vazir.

Kiritildi: Bugun 19:07. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!