O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi sharafiga Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur mamlakat bayrog‘i ranglarida yoritiladi. Bu haqda “Dunyo” AA agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, poytaxtning “Saloma Link” piyodalar ko‘prigi, poytaxt meriyasi ko‘p qavatli binosi, mashhur egizak binolar — “Petronas Twin Towers”da joylashgan markaziy chorraha kabi ramziy diqqatga sazovor joylari O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, “Petronas Twin Towers”da joylashgan markaziy chorrahada O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan videorolik har 5 daqiqada katta ekranda namoyish etiladi.
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi Kuala-Lumpurdagi barcha o‘zbekistonliklarni ushbu hodisaga guvoh bo‘lishga, esdalik uchun suratga tushishga, shu bilan birgalikda karantin qoidalariga amalga qilishga chorlagan.