Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Krishtianu Ronaldu WOWfc promoushenining hammulkdoriga aylandi

Krishtianu Ronaldu WOWfc promoushenining hammulkdoriga aylandi

Portugaliya terma jamoasi va «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu WOWfc jang promoushenining hammulkdori bo‘ldi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu tashkilotning yana bir hammulkdori — yengil vaznda mag‘lubiyat nimaligini bilmaydigan UFC chempioni, 28 yoshli ispan-gruzin Iliya Topuriya ham hisoblanadi.

Joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu klub va terma jamoa safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va ikki bor assistentlik qildi.

Portugaliyalik yulduz 2023 yildan buyon «An-Nasr» safida to‘p surmoqda. Unga eng katta shuhrat «Manchester Yunayted» va Madridning «Real» jamoalaridagi o‘yinlari orqali kelgan. Ronaldu — “Oltin to‘p” mukofotining besh karra sovrindori.

Kiritildi: 23:34 27.11.2025. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!