Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Krishtianu Ronaldu muvaffaqiyatga erishishning faqat bitta yo‘lini aytdi

Krishtianu Ronaldu muvaffaqiyatga erishishning faqat bitta yo‘lini aytdi

"An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi. 40 yoshli futbolchi mashg‘ulotdan olingan bir nechta fotosuratlarni e’lon qildi va ularga qisqa matn ilova qildi. Unda Ronaldu muvaffaqiyatga faqat bir yo‘l bilan erishish mumkinligini ta’kidladi - qattiq mehnat evaziga.

"Mashaqqatli mehnat - muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li," - deb yozgan Ronaldu.

Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi o‘yinini "An-Nasr" 12 aprel, shanba kuni o‘tkazadi. Stefano Pioli jamoasi "Ar-Riyod"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 08:39 08.04.2025. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!