“Manchester Siti” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning Angliya klubidagi faoliyati bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan tushunmovchilik tufayli yakunlanishi mumkin.
Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi Real Talk Manchester City akkaunti xabar berdi.
"Husanov mashg‘ulotdan so‘ng Pep Gvardiola bilan janjallashib qolgan. Katta manbalarga ko‘ra, Husanovning "Siti"dagi kelajagi muhokama qilinmoqda.
Mart oyi oxiridagi mashg‘ulotdan so‘ng Pep Xusanovni quchoqlab, uning mashg‘ulotlardagi va o‘yinlardagi harakatlarini yuqori baholagandi. Biroq bu qo‘llab-quvvatlovlar shunchaki futbolchining ko‘nglini ko‘tarishdan iborat bo‘lgan.
Pep Gvardiola mashg‘ulotlar paytida Xusanovni o‘zini masxara qilyapti degan gumonga borgan. Ruben Diash vaziyatga aralashib, asl holatni Pepga tushuntirishga urindi, chunki Husanov ingliz tilida gapirishda qiynaladi, ammo Pep xafa bo‘lgan.
Husanov endi "Siti"da zaxirada qolishi haqida xabarlar tarqaldi. «Uning «Siti»dagi faoliyati hali boshlanmay turib tugadi", — deyiladi manbada.