Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi eng yomon o‘yinini o‘tkazdi

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi eng yomon o‘yinini o‘tkazdi

Portugaliya terma jamoasi Irlandiyaga mag‘lub bo‘ldi (0:2), Krishtianu Ronaldu esa maydondan chetlatildi. 40 yoshli hujumchi uchrashuvning 61-daqiqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. "An-Nasr" vakili WhoScored portalidan 5,02 ball oldi - bu uning faoliyatidagi eng yomon reytingi bo‘lib chiqdi, agar saytda ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha o‘yinlarni hisobga olsak (bunday o‘yinlar soni 900 ga yaqin).

Ronalduning avvalgi antirekordi 2022 yilda Janubiy Koreya bilan uchrashuvda o‘rnatilgandi - 5,11. Klub miqyosidagi eng yomon ko‘rsatkich - 5,31 "Valensiya" bilan o‘yinda.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Irlandiyaga qarshi o‘yingacha biror marta Portugaliya terma jamoasi safidan chetlatilmagan edi.

Kiritildi: 09:01 14.11.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!