Kris Xemsvort “Marvel” studiyalari va “Walt Disney” o‘rtasida Rayan Reynolds bilan tuzilgan yangi shartnomadan so‘ng “Marvel” loyihalaridagi eng ko‘p maosh oladigan aktyor unvonini yo‘qotishi mumkin.
“Comik Book” nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Deadpool” yulduzi rekord miqdordagi shartnomani imzolashi kutilmoqda.
Ushbu mish-mishlar hali rasman tasdiqlanmagan.
Hozirda “Marvel”ning eng yuqori maosh oluvchi aktyori Kris Xemsvort bo‘lib, u studiya bilan 76 million dollarlik gonorar to‘g‘risida kelishuvga erishgan.