Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kripto bozor qiymati ilk bor $4 trlndan oshdi

Kripto bozor qiymati ilk bor $4 trlndan oshdi

Kripto-aktivlar umumiy bozor qiymati tarixda ilk bor $4 trlndan oshdi. Bu o‘sish AQShda qabul qilingan GENIUS kripto qonuni va Bitcoin hamda altkoinlar narxi oshishi fonida yuz berdi.

Bloomberg agentligi ma’lumotiga ko‘ra, kriptovalyuta bozorida umumiy kapitalizasiya hajmi ilk bor $4 trlndan oshdi. Bu holat asosan altkoinlar narxi keskin ko‘tarilishi va AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan GENIUS kripto qonuni ta’sirida yuz berdi.

GENIUS qonuni «Kripto haftaligi» deb atalgan davrda qabul qilindi va dollar bilan bog‘langan barqaror kriptovalyutalarni federal hamda shtat darajasida tartibga solishni nazarda tutadi. Qonun respublikachilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va kripto-infratuzilmani mustahkamlashga qaratilgan.

Bitcoin narxi joriy o‘sish bosqichida o‘zining yuqori darajalariga yaqinlashib bormoqda. Copper kompaniyasi ekspertlari sentyabr oyiga qadar Bitcoin narxi $140 000 darajasini bosib o‘tishi mumkinligini bildirmoqda. Ularning bayonotiga ko‘ra, hatto $150 000 ko‘rsatkich ham muqarrardir.

Deribit ma’lumotlariga ko‘ra, investorlar avgust oyi uchun $130 000 narxdagi Bitcoin opsionlarini faol xarid qilmoqda. Bu bozorda yanada o‘sish kutilmoqda, degan ishonchni anglatadi.

Altkoinlar so‘nggi haftalarda bozorni boshqarib kelmoqda: Ethereum narxi 20 foizga, Uniswap 24 foizga, Solana esa 6,5 foizga ko‘tarildi. Citigroup tahlilchilari 2030 yilgacha kripto-aktivlar bozori hajmi $3,7 trlnga yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Kiritildi: 16:10 21.07.2025. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!