Yaqinda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Moliyaviy monitoring o‘quv-metodologik xalqaro markazi (MMO‘MXM, Rossiya) bilan hamkorlikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga jalb qilingan shaxslarning malakasini oshirish bo‘yicha YEOG bilan hamkorlik doirasida, videokonferensaloqa usulida “Kriminal aktivlarni qidirib topish, aniqlash va qaytarishni samarali amalga oshirishning imkoniyatlari va yo‘llari” mavzusida seminar o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Seminarda MMO‘MXM, Kozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Belarusiya va Armaniston moliyaviy razvedkasi tuzilmalari vakillari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdilar.
Seminar ishtirokchilari terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tajriba almashdilar, shuningdek mavjud muammolar, ularning yechimini topish hamda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Xs.uz