Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Kreml Tramp bilan “azob-uqubat” borasida hamfikr

Kreml Tramp bilan “azob-uqubat” borasida hamfikr

Kreml Trampning "azob-uqubat" haqidagi gapiga qo‘shildi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Donald Tramp o‘zining avvalgi prezidentlik davrida Rossiyaga qarshi haqiqatan ham juda ko‘p ish qilganini ma’lum qildi. U Amerika prezidentining so‘zlarini shunday sharhladi.

Tramp o‘z nutqlaridan birida o‘zining Rossiyaga moil pozisiyasi haqidagi ayblovlarni rad etib, "Rossiyaga azob-uqubatdan boshqa hech narsa keltirmaganini" ta’kidlagan edi. Tramp o‘z davrida Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritilgani va Kiyevga Javelin raketa komplekslari yetkazib berilganini eslatdi.

"Haqiqatan ham, Trampning avvalgi prezidentlik davrida ko‘plab sanksiyalar kiritilgani, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish boshlangani hammaning yodida. Bu haqiqatdan ham shunday bo‘lgan. Bu borada faqat rozi bo‘lishimiz mumkin," - dedi Peskov.

Kiritildi: 22:22 04.03.2025. O'qildi: 1659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!