Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Kreml Rossiyaning dollar tizimiga qaytishini istisno qilmaydi

Kreml Rossiyaning dollar tizimiga qaytishini istisno qilmaydi

Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Agentlik tanishib chiqqan, biroq ommaga e’lon qilinmagan hujjatga ko‘ra, Kreml Tramp ma’muriyati bilan iqtisodiy hamkorlik doirasida Rossiyaning dollar vositasida hisob-kitob tizimiga qaytishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan takliflarni tayyorlagan.

"Moskva Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha kelishuv amalga oshirilgach, Rossiya va AQShning iqtisodiy manfaatlari mos kelishi mumkin bo‘lgan yetti banddan iborat taklifni ishlab chiqqan. Taxminlarga ko‘ra, ikkala davlat ham ekologik muqobil variantlarga zarar yetkazgan holda qazib olinadigan yoqilg‘ini ilgari surish bo‘yicha hamkorlik qiladi, shuningdek, tabiiy gaz, deegiz shelflaridagi neft va boshqa xom ashyolarga qo‘shma sarmoya kiritishni boshlaydi", deyiladi xabarda.

Taklifning asosi Rossiyaning dollar tizimiga qaytishi bo‘lib, nashrning ta’kidlashicha, bu Kreml siyosatida hayratlanarli burilish va dunyo moliya tizimida potensial tarzda tub o‘zgarishlarni anglatadi.

Shu paytgacha Rossiyaning asosiy maqsadi dollarga muqobil variantni izlash bo‘lgan. Prezident Vladimir Putin esa Xitoy bilan aloqalarni chuqurlashtirishga intilgan. Shu sababli, hujjat mazmuni bilan tanish manbalar Putin Pekinning manfaatlariga zid keladigan kelishuvga rozi bo‘lishi deyarli imkonsiz deb hisoblaydi.

Kremlning taklifi quyidagilarni nazarda tutadi:

Rossiya aviaparkini modernizasiya qilish uchun aviasiya sohasida uzoq muddatli shartnomalar;

— Neft va suyultirilgan tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha qo‘shma korxonalar;

— AQSh kompaniyalarini Rossiya bozoriga qaytarish uchun imtiyozli shartlar;

— Atom energetikasi sohasida hamkorlik;

— Rossiyaning dollar tizimiga qaytishi.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!