Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida rasman e’lon qilinganlardan tashqari boshqa aloqalar ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Jurnalistning qayd etishicha, agar Oq uy rahbarining bayonotlariga quloq tutsangiz, ikki yetakchi o‘rtasida ikkitadan ortiq telefon suhbatlari bo‘lishi mumkin edi.
"Biz sizga o‘zimizga ma’lum bo‘lgan suhbatlar haqida ma’lumot beramiz, ammo boshqa narsani istisno eta olmaymiz", — dedi Kreml vakili.