Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Kreml Londonni vositachi sifatida ko‘rmayapti

Kreml Londonni vositachi sifatida ko‘rmayapti

Buyuk Britaniya Ukraina mojarosida bir tomonlama pozisiyani egalladi, shuning uchun u vositachi bo‘la olmaydi.

Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASS savoliga javob berar ekan, jurnalistlarga ma’lum qildi.

U bu haqda Britaniya rasmiylarining UQK xizmatchilarini Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalarga taklif qilish haqidagi va’dasini izohlar ekan, aytib o‘tdi.

"London shu paytgacha vositachilik roliga unchalik da’vo qilmagan. Vositachi nizo ishtirokchilariga nisbatan teng masofaga ega bo‘lgan kishi bo‘lishi mumkin. London bunday emas va bo‘lishi ham mumkin emas," - dedi Peskov Londonning harakatlari nasizmni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashmi va Buyuk Britaniya o‘zini tinchlik jarayonida vositachi bo‘lish imkoniyatidan mahrum qiladimi, degan savolga javoban.

Kiritildi: 19:27 03.05.2025. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!