Bugun 16 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Kreditini tezlashtirib chiqarib berishini va’da qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Kreditini tezlashtirib chiqarib berishini va’da qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Joriy yilning 26 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida kreditini tezlashtirib chiqarib berishini va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

1989 yilda tug‘ilgan SH.Odilov (shaxsi o‘zgartirilgan) o‘zganing mulkini firibgarlik, aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2021 yil 9 sentyabr kuni soat 10 larda S.Nazarovga o‘zini iqtisodiy barqaror shaxs sifatida namoyon qilib, unga Mikrokredit bank Xatirchi tumani filialidan chorvachilik uchun rasmiylashtirayotgan 20.900.000 so‘mlik kreditini tezlashtirib chiqarib berishini va’da qilib, uni aldab, S.Nazarovdan 100 AQSh dollarni olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlanganligi sababli, u boshlagan jinoyatini oxiriga yetkaza olmasdan jinoyat sodir etishga suiqasd qilgan.

Sud, SH.Odilovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
25,168-moddasi 1-qismi bilan ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 1 (bir) yilga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Habilulla Tuxtayev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi sudyasi

Kiritildi: 19:39 21.12.2021. O'qildi: 2667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!