Bugun 16 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

"F16 jangovar samolyoti begunoh bolalarni nishonga olishi mantiqqa to‘g‘ri keladimi?"

"F16 jangovar samolyoti begunoh bolalarni nishonga olishi mantiqqa to‘g‘ri keladimi?"

Al-Jazeera: Isroil armiyasi G‘azo shahridagi Al-Forobiy maktabini nishonga olib, butun bir oilani yo‘q qilgani haqida joylardagi hamkasblarimiz xabar bermoqda.

Hujum natijasida Al-Harazin oilasining yetti a’zosi, jumladan, yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘ldi.

"Biz tinch uxlab yotgan edik, Isroil harbiy samolyoti maktab binosiga raketa otganida kutilmaganda qo‘rquvga tushdik," - dedi oila a’zolaridan birining ukasi Samar Al-Harazin.

"Beton parchalari men va bolalarimning ustiga tushdi, biz zo‘rg‘a u yerdan chiqib ketdik," - deb qo‘shib qo‘ydi u.

"Men akam oilasi bilan boshpana topgan sinfxonaga borib qarasam, raketa to‘g‘ri o‘sha joyga tushgan ekan. Ularning tanasi parchalanib ketganini ko‘rdik. Akamning oyog‘ini uzoqroqdan topdim - xotini va 17 kunlik yangi tug‘ilgan qizchasi bilan birga."

Al-Harazinning aytishicha, atrofda o‘nlab tana qismlari sochilib yotardi.

"Qayerga qaramang, tana a’zolari va qismlari - hamma joyda," - dedi u.

Ular qanday jinoyat, qanday noto‘g‘ri ish qilishdi? Biz o‘z uyimizdan majburan ko‘chirilgan begunoh fuqarolarmiz. Biz maktab binosida boshpana topgan himoyasiz odamlarmiz. F16 jangovar samolyotining begunoh bolalarni nishonga olishi qanday mantiqqa to‘g‘ri keladi?

Kiritildi: 21:36 15.01.2025. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!