Bugun 17 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Kredit tarixi o‘rganilishini cheklab qo‘yish xizmati yaratildi

A A A
Kredit tarixi o‘rganilishini cheklab qo‘yish xizmati yaratildi

Kredit tarixi o‘rganilishini cheklab qo‘yish xizmati yaratildi, deya xabar bermoqda “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi.

Qayd etilishicha, byuro tomonidan 20-iyundan “Freeze” xizmatini test rejimida ishga tushirilgan.

Mazkur xizmat orqali jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli kredit tarixi ma’lumotlarini kredit axborotidan foydalanuvchilar tomonidan byurodan olinishini cheklab (taqiqlab) qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.

Bu orqali esa fuqarolar kredit tarixi ularning xabarisiz o‘rganilishini oldini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu xizmatdan dastlab veb-sayt orqali bepul foydalanish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan esa xizmat pullik asosida bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 0,03 barobari miqdoridagi (QQSni hisobga olmagan holda) haq evaziga amalga oshiriladi.

Xizmatdan foydalanish davrida agar fuqaro o‘z nomiga kredit olishni rejalashirgan bo‘lsa, unda xizmatni o‘chirib, keyin kredit uchun ariza berishi mumkin.

Kiritildi: 21:03 20.07.2024. O'qildi: 1622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!