Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflab, o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflab, o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag‘larining talon-toroj qilinishi bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan o‘z vaqtida qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” Samarqand viloyat Amaliyot bo‘limining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu Amaliyot bo‘limi mas’ul shaxslari kredit va unga tenglashtirilgan operasiyalar bo‘yicha ta’minotni tanlash va qabul qilish to‘g‘risidagi talablarga amal qilmaganliklari oqibatida “J.Ch.” MCHJga savdo va aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun ajratilgan 1,8 mlrd so‘m kredit mablag‘lari maqsadsiz sarflanib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan ATB “InFinBank” Sergeli filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.P. va boshqalar, o‘zaro til biriktirib, ushbu bank filialidan ajratilgan 408,8 mln so‘m kredit hisobidan xarid qilingan 5 dona “NEXIA-3” rusumli avtomashinani soxta hujjatlar orqali garovga qo‘yilishini ta’minlamasdan boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “P.I.” MCHJ ish boshqaruvchisi M.E. hududiy tijorat banki filialidan imtiyozli shartlar asosida 6 nafar fuqaroga ajratilgan 166,7 mln so‘m kredit mablag‘i evaziga naslli chorva molini yetkazib bermasdan, kredit mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:46 11.10.2022. O'qildi: 1624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!