Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovasion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasida o‘tgan davra suhbatida AOKA tomonidan sohani tartibga soluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun loyihasi ishlab chiqilganligi ma’lum qilindi.
“Loyihaning maqsadi – fuqarolarning onlayn-platformalar va veb-saytlardan foydalanish sohasidagi huquqlarini qonun darajasida belgilash, ularni yolg‘on axborot, nafrat uyg‘otuvchi, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi noqonuniy kontentlardan himoya qilishdan iborat.
Unda onlayn-platformalar sohasidagi amaldagi qonunchilik sezilarli liberallashtirilib, tartibga solishdagi mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan qator normalar nazarda tutilgan” deyiladi (https://parliament.gov.uz/news/blogerlar-majburiyatlari-yengillashtirilmoqda) xabarda.