Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Kredit do‘konida ishlashim halolmi yo harommi?”

A A A
“Kredit do‘konida ishlashim halolmi yo harommi?”

Savol:

Assalomu alaykum! Men Farg‘onadanman, ismim Alisher, savolim bor edi.

Men kreditga mol beradigan do‘konda ishlayman. Mening vazifam tashkilotlarga borib, faoliyatimizni reklama qilish.  Vaqti kelsa, aldov yo‘llar bilan odamlarni ishontiraman.  Lekin biz oylikka ishlaymiz. Topgan pulimning barakasi yo‘q – qayoqqa ketayotganini bilmayman. Shu ishda ishlashim to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi? Qiynalib  ketdim, odamlarni norozi qilib qo‘ymayabmizmi deb... 

Iltimos, keng ma’noda javob berishingizni kutib qolaman.

Javob:

Vaalaykum assalom. Bu ishda ishlashingiz joiz emas. Riboga targ‘ib va aldov borligi uchun. Bu ikki narsa shariatda qat’iyan harom qilingan. Agar do‘kon o‘zining molini nasiya bay qilib, ya’ni nasiyaga sotsa, bu savdo joiz, lekin aldov yo‘lini tutish bu ishni nojoiz qiladi. 

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz

Kiritildi: 20:45 12.01.2020. O'qildi: 8226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!