Ma’lum qilinishicha, ular temiryo‘l transporti va aloqa ob’ektlariga o‘t qo‘yishni rejalashtirgan.
"Krasnodar o‘lkasida Rossiya Federasiyasining 1992 va 1996 yillarda tug‘ilgan ikki fuqarosi, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan birining 1998 yilda tug‘ilgan fuqarosi Ukraina maxsus xizmatlari topshirig‘i bilan mintaqa hududidagi transport va aloqa inshootlariga o‘t qo‘yishni rejalashtirgan faoliyati to‘xtatildi," - deyiladi FXX xabarida.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar noqonuniy daromad izlash maqsadida kurator bilan yozishmalar olib borgan va uning topshirig‘iga binoan yo‘lovchi tashuvchi temir yo‘l uchastkasidagi rele shkafini yoqib yuborishga uringan. Jinoyatchilar darhol aniqlandi, ularni kuzatish jarayonida Rossiya uyali aloqa operatorlaridan birining inshootini yoqib yuborish rejalari ham ma’lum bo‘ldi.
Polisiya xabariga ko‘ra, hibsga olinganlar Varenikovskaya temiryo‘l stansiyasi yaqinidagi ikkita rele shkaflariga zarar yetkazgan. Lekin zarar yengil bo‘lgani sababli poyezdlar qatnovi jadvalida hech qanday buzilishlarga olib kelmagan.
Terakt va diversiyaga urinish moddalari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.