Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kosonsoyda “omadsiz yerfurush”ga sud hukmi o‘qildi

Kosonsoyda “omadsiz yerfurush”ga  sud hukmi o‘qildi

Dunyoda har bir odam baxti va omadini izlab yashaydi. Kimdir uni halol va fidoyi mehnat bilan topsa yana kimdir omadini halol mehnatsiz oson egri yo‘ldan izlaydi.

Ikkinchi toifadagilarga hayotning yorqin yo‘llarini ko‘rsatsangda o‘z bilganlaridan qolishmaydi, umrning halol mehnatdan keladigan baxt va shodlikka to‘la nurafshon yo‘llarini bir chetga surib, qonunsiz va qaltis yo‘llarni tanlashadi. Oqibati esa...

35 yoshli “qahramonimiz” sudlanuvchi Hakim Rahimov 2021 yil 19 iyunda fuqaro M.Jamalovani aldab, ishonchiga kirib, Kosonsoy tumani, “Jar” MFY hududidagi 5 gektar yer maydonini 0,10 gektar yer maydonini “Kadastr agentligi”da ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan kelishilgan ancha miqdordagi 7.000 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarini pora berishga dalolat qilib, firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ushlanib, sudning qora kursisida mulzam holda qaddi buk.

Aytar so‘zi ham tayin, “aybimga iqrorman, pushaymonman, suddan qonuniy yengillik berilishini so‘rayman”.

Sud, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, ishda mavjud bo‘lgan dalillarga huquqiy baho berib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan jazoni tayinladi.

Boylik, shohona hayot va amalni baxt deb bilidigan bu kabi kimsalarga jazo muqarrarligi ta’minlandi. Aslida ham baxtning kalitini ha­misha shijoatli mehnatdan, halollik va poklik yo‘l­laridan izlash joiz.

Samadjon Qodirov, jinoyat ishlari bo‘yicha Kosonsoy tuman sudining raisi

Kiritildi: 18:56 15.03.2022. O'qildi: 3621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!