Endi Bosh prokuratura ekologik nazoratda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanadi.
Bosh prokuratura va "O‘zbekkosmos" agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ekologik xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, nazorat tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv jarayonlariga aerokosmik texnologiyalarni joriy etish, Davlat kosmik monitoringi tizimi orqali shaffof va yuqori aniqlikdagi ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha hamkorlikka qaratilgan.