Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kosmosda ortiqcha qolgan astronavtlarga kunlik kompensasiya to‘lanadi

Kosmosda ortiqcha qolgan astronavtlarga kunlik kompensasiya to‘lanadi

Xalqaro kosmik stansiyada rejasiz ravishda to‘qqiz oy qolib ketgan amerikalik astronavtlar har bir kun uchun 5 dollar miqdorida qo‘shimcha haq oladi.

Bu haqda NASA koinot operasiyalari boshqarmasi vakili Jimmi Rassel ma’lum qildi. Unga ko‘ra, astronavtlar Suni Uilyams va Batch Uilmorga rejalashtirilmagan kechikish sababli har biri uchun 286 kun davomida jami 1400 dollardan to‘lanadi. Bu mablag‘ “kutilmagan xarajatlar” uchun ajratilgan fonddan ajratilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Uilyams va Uilmor 2024 yil 5 iyun kuni XKSga uchirilgan bo‘lib, ularning Yerga qaytishi dastlab 14 iyunga rejalashtirilgan edi. Biroq Starliner kemasining texnik nosozliklari tufayli missiya olti oydan ortiq vaqtga kechikkan.

Kiritildi: 12:05 22.03.2025. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!