Turkiyadagi anestetik gaz ishlab chiqaruvchi korxonada portlash yuz berdi.
Turkiya OAVlari xabar berishicha, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Tekirdag‘ viloyatining Ergene tumanida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga polisiya va tez yordam xodimlari jalb qilingan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. Portlash sabablari aniqlanmoqda.