Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston to‘plagan ballar pasaydi, lekin o‘rni o‘zgarmadi

Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston to‘plagan ballar pasaydi, lekin o‘rni o‘zgarmadi

Transparency International tashkiloti tomonidan e’lon qilingan yangi reytingda O‘zbekiston 180 ta davlat ichida 121-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston ushbu reytingda o‘tgan yili ham 121-o‘rinni egallagan edi. 100 ballik indeks bo‘yicha (bu yerda 0 — korrupsiyaning o‘ta yuqori darajasi, 100 — o‘ta past daraja) O‘zbekiston 32 ball (bir yil avval — 33 ball edi) to‘pladi.

2024 yilgi reytingning yetakchisi yana Daniya (90 ball) bo‘ldi. Undan keyin o‘rinlarni Finlyandiya (88) va Singapur (84) egalladi.

180 ta davlat ichida eng oxirgi o‘rinlarni Janubiy Sudan (8 ball), Somali (9 ball) va Venesuela (10 ball) egalladi.

Dunyo bo‘yicha korrupsiyani qabul qilishning o‘rtacha ko‘rsatkichi 43 ballni tashkil etadi.
Germaniyaning natijasi (75 ball, 16-o‘rin) ushbu reyting tuzilganidan beri eng past darajada bo‘ldi. Yangilangan indeksda Ukraina 35 ball bilan 106-o‘rinni egalladi.

So‘nggi besh yil ichida 13 ta davlat, jumladan Rossiya (22 ball, 157-o‘rin) va Belarus (33 ball, 114-o‘rin), o‘z natijalarini sezilarli darajada yomonlashtirdi. Shu bilan birga, yetti davlat, jumladan Moldova (43 ball, 78-o‘rin), o‘z pozisiyasini ancha yaxshiladi.

Kiritildi: 19:27 11.02.2025. O'qildi: 863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!