O‘tgan yili qurilishga oid 2,6 mlndan ortiq arizaning uchdan biri rad etilgani ma’lum bo‘ldi. Prezident bu holatlarni korrupsiya bilan bog‘ladi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, muammoni hal etishning eng samarali yo‘li — jarayonlarni raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etishdir.
Shuningdek, 1 iyuldan boshlab barcha kommunal tarmoqlar uchun texnik shartlarni bitta ariza va bitta to‘lov orqali olish imkoni yaratish topshirildi.