Bugun 9 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"

"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"

Bugundan O‘zbekiston "Adolat" sosial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" boshlandi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston "Adolat" SDP Mirobod tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati T.B.Matibayev bugun "Sihatgoh" sanatoriyasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Yig‘ilganlarga korrupsiya illatining kelib chiqishini oldini olish borasida va korrupsiyaning oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Toshkent shahri bo‘ylab "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida tadbirlar davom etmoqda.

Kiritildi: 17:50 01.04.2025. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!