Bugun 1 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tibbiyot muassasalarida korrupsiya holatlarini o‘rganadi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tibbiyot muassasalarida korrupsiya holatlarini o‘rganadi

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash sohasini shaffof tizimga aylantirish, shifokorlarning halol, pok ishlashlari uchun tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramay, tizimda hamon poraxo‘rlik va ta’magirlik holatlari uchrayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan, davlatimiz rahbari tomonidan mazkur salbiy illatga barham berish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, Agentlik Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda tibbiyot muassasalarini korrupsiyadan tozalaydi, har bir shifoxona rahbarining o‘z vazifasiga loyiq ekanini o‘rganadi.

 

Kiritildi: 08:43 07.11.2020. O'qildi: 2821 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!