Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Koronavirus suvda qancha yashaydi?

A A A
Koronavirus suvda qancha yashaydi?

Koronavirus xona haroratidagi suvda bo‘lganida 24 soat ichida 90 foizga, 72 soatda 99,9 foizga o‘z kuchini yo‘qotadi.

Bu haqda «Rospotrebnadzor» tomonidan koronavirusning suvda yashovchanligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda aytilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, xlordan xoli bo‘lgan suvda va dengiz suvida virus ko‘paymaydi, ammo yashovchanligini saqlab qoladi. Virusning faolligi qancha davom etishi suvning haroratiga bog‘liq.

Suvni qaynatish undagi virusning to‘la yo‘qolishiga olib keladi, xlorlangan suvda esa virus yashovchanligini yo‘qotadi.

Avvalroq amerikalik olimlar virusning ultrabinafsha nurlariga ta’sirchanligini o‘rganishgan edi. Tadqiqotga ko‘ra, ultrabinafsha nurining 5 mj/sm² dozasida koronavirusning faolligi 6 soniyada 99 foizga qisqarishi, 22 mj/sm² dozada 25 soniyada uning to‘la yo‘qolishi aniqlangan.

Kiritildi: 11:55 30.07.2020. O'qildi: 4728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!