Bugun 24 sentyabr, 2020 yil, payshanba

КИР

Koronavirusni yengishi mumkin bo‘lgan dori nomi aytildi

Koronavirusni yengishi mumkin bo‘lgan dori nomi aytildi

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh infeksionisti Yelena Malinnikova koronavirus bilan bemorlangan shaxslarni davolashda ibuprofen preparatidan foydalanish darkor, deb hisoblaydi. Shifokor ta’kidiga ko‘ra, ushbu preparat xususiyati bo‘yicha parasetamoldan kam emas, deb xabar qildi seshanba kuni "Parlamentskaya gazeta" nashri.

"Ibuprofenni parasetamol bilan birga koronavirusni yuqtirgan bemorlarga tavsiya etish mumkin va bu masalada biz Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamfikrmiz", - dedi Malinnikova.

Bundan tashqari, u bemorlarga shifokor tavsiyalariga qat’iy rioya qilish juda muhimligini yana bir bor eslatdi.

"Faqatgina shifokor ayni vaqtdagi bemorga zarur bo‘lgan dori-darmonlarni va samarali davolash usullarini taklif etishi mumkin", - deya tushuntirdi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.

Ma’lumki, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) 19-mart kuni ibuprofenni koronavirus bilan og‘rigan bemorlarda ishlatmaslik tavsiyasini bekor qilgan edi.

"Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID -19ga chalingan bemorlarni davolayotgan shifokorlar bilan maslahatlashmoqda olib bormoqda va ibuprofenning hech qanday salbiy ta’siri haqida ma’lumot olgani yo‘q, aholining ma’lum guruhlariga nisbatan dorini qo‘llashni cheklaydigan odatiy nojo‘ya ta’sirlardan tashqari, albatta. Ayni vaqtda mavjud ma’lumotlarga tayanib, BSST ibuprofendan foydalanishga qarshi tavsiyalar bermayapti", - deyiladi tashkilot press-relizida.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi koronavirus infeksiyasi COVID -19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu virusni dunyo bo‘yicha 330 mingdan ortiq odam yuqtirgan, 14,5 mingdan ko‘prog‘i vafot etgan. Rossiyada koronavirusni yuqtirganlik bo‘yicha 495 ta holat qayd etilgan.

25 mart kuni holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 55 kishida yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Ulardan 5tasi davolandi.

 

Kiritildi: 12:42 25.03.2020. O'qildi: 8631 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!