Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirusga qarshi vaksina ilk bor odamda sinab ko‘rildi. Natija esa...

Koronavirusga qarshi vaksina ilk bor odamda sinab ko‘rildi. Natija esa...

Koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib klinik tadqiqotlar o‘tkazilgan “mRNA1273“ vaksinasi bo‘yicha birinchi natijalar e’lon qilindi. AQShning Moderna farmasevtik kompaniyasining bayonotida COVID-19 vaksinasi sinovi birinchi bosqichda ijobiy natijalar bergani ma’lum qilindi. Bu haqda "qalampir.uz" yozmoqda.

AQSh oziq-ovqat va farmasevtika qo‘mitasi (FDA) ushbu natijadan so‘ng vaksina sinovini ikkinchi va uchinchi bosqichiga ruxsat berdi. Uchinchi bosqich iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kompaniya vakillari, shuningdek, vaksina xavfsiz deb tasdiqlanganligini va eksperimentda ishtirok etgan 8 kishining sog‘lig‘i yaxshi ekanini ma’lum qildi. Shifokorning ta’kidlashicha, birinchi ma’lumotlarga ko‘ra, vaksina ilk bosqichda immunitet tizimining virusga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, olimlar sinovdan so‘ng koronavirusga chalingan bemor bilan vaksina qabul qilgan bemorning antitanachalari bir xil ekanligini ma’lum qilishdi.

Kiritildi: 12:24 19.05.2020. O'qildi: 11210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!