Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Koronavirusga chalinganlar kimsasiz orolga ko‘chirilishi mumkin

A A A
Koronavirusga chalinganlar kimsasiz orolga ko‘chirilishi mumkin

Indoneziya hukumati koronavirusni yuqtirgan bemorlarni odam yashamaydigan Galang oroliga joylashtirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi «Jakarta Post» gazetasi.

Avvalroq Indoneziyada ikki kishi yangi koronavirusni yuqtirgani ma’lum qilingandi.

Qurolli kuchlar qo‘mondoni Xadi Tyadjanto so‘zlariga ko‘ra, Galang orolida 1979-1996 yillarda Vyetnamdan kelgan qochoqlar uchun lager sifatida foydalanilgan shifoxona bo‘lib, u yerda bir nechta binolar saqlanib qolgan. Gospital karantin markazi vazifasini ham bajarishi mumkin.

Kiritildi: 10:33 05.03.2020. O'qildi: 6002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!