Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Koronavirusda suvni issiq holda ichish kerakmi yoki iliq?

A A A
Koronavirusda suvni issiq holda ichish kerakmi yoki iliq?

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Koronavirusga chalinganda ko‘proq suv ichish to‘g‘risida maslahat berishyapti. Suv issiq holda ichilishi kerakmi yoki iliq bo‘lishi kerakmi?

Javob: Koronavirusga chalingan bemorlar 30-37 daraja atrofida suyuqliklarni ichishi mumkin.

Lekin bemorda isitma 38 daraja va undan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa issiq ichimlik va suyuqliklarni ichish mumkin emas. Ovqatlar issiqligi ham 37-40 daraja bo‘lishi kerak.

Savol: Koronavirus bilan kasallanganda buyrak bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga chiqishi mumkinmi?

Javob: Koronavirus infeksiya fonida surunkali buyrak kasalliklari avj olishi mumkin.

COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishida buyrak shikastlanishi kuzatiladi. Bundan tashqari o‘ta yuqori xavf toifasidagi bemorlar - bemorlar – bu dializ muolaja oluvchilar.

Buyrak patologiyasi bilan bog‘liq muammolarni oldini olish maqsadida shifokor tomonidan shunga tegishli laborator ko‘rsatkichlar nazorat qilinadi: misol umumiy peshob tahlili, kreatinin miqdori, koptokchalar filtrasiyasi va hokazo.

Kiritildi: 07:20 07.08.2020. O'qildi: 4520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!