Air Canada trafikning pasayishi tufayli mablag‘larni tejash maqsadida xodimlar sonini 60 foizga qisqartirishga qaror qilganini ma’lum qildi.
Aviakompaniyaning rahbariyati katta qisqartirishlarni umumiy izolyasiya tufayli amalga oshirdi. Qayd etilishicha, aviakompaniyaning reyslari soni 95 foizga qisqarib ketgan. 220 dan ortiq samolyotlar esa ishlamayapti.
Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, 38 ming xodimdan 19-28,8 mingtasi ishlaridan ayrilishlari mumkin.