Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrainaliklarni koronavirus xavfiga befarq munosabatda bo‘lganliklari uchun tanqid qildi va karantin choralariga rioya qilishga mas’uliyatli yondashishga chaqirdi.
U vatandoshlarini "kasal bo‘lgan paytda ota-onasi muzqaymoq iste’mol qilishni taqiqlagan" "xafa bo‘lgan bolalar" bilan taqqosladi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukrainada ko‘rilayotgan choralar Yevropadagi xatti-harakatlar bilan bir xil va mamlakat aholisining xavfsizligi uchun zarurdir.
Ayni damdagi yuqtirish holatlari bo‘yicha statistika qabul qilingan qarorlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.