Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kornell universitetida talabaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishi qayta tiklandi

Kornell universitetida talabaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishi qayta tiklandi

AQShning Nyu-York shtatidagi Kornell universitetida talabaga nisbatan sodir etilgan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha ikki yil avval to‘xtatilgan tergov qayta boshlandi. Ish doirasida yetti nafar talaba gumon qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil 8 noyabr kuni 20 yoshli talaba universitet polisiyasiga murojaat qilib, talabalar birlashmasi uyida unga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilganini bildirgan. Keyinchalik tergov davomida talabalar o‘rtasidagi yozishmalar ham aniqlangan. Unda qiz boshqa talabalarga «uzatilgani» haqida xabarlar bo‘lgan.

Mazkur Snapchat guruhida 57 nafar erkak bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, ularning hech biri voqeaga aralashmagan yoki yordam chaqirmagan.

Prokuror Mettyu Van Xauten dastlabki tergov paytida jabrlanuvchining voqeaga ixtiyoriy rozilik bergani haqida ma’lumot berganini aytgan. Biroq qiz o‘sha vaqtda qattiq mast bo‘lganini ham bildirgan. Shu sababli tergov to‘xtatilgan.

Oradan ikki yil o‘tib, talaba ishni qayta ko‘rib chiqishni so‘rab sudga murojaat qilgan. Shundan so‘ng prokuratura tergovni qayta boshlagan.

Jabrlanuvchining advokati uning dastlabki ko‘rsatmalarini o‘sha paytdagi ruhiy holati bilan izohlagan. Uning aytishicha, voqeadan keyin qiz qattiq ruhiy zarba olgan va sodir bo‘lgan hodisani to‘liq anglashga qiynalgan.

Jabrlanuvchining da’vosiga ko‘ra, zo‘ravonlik bir necha soat davom etgan. Gumon qilinuvchilar uni alkogol va kuchli ta’sir qiluvchi modda bilan mast qilgani haqida da’volar bildirilgan.

Gumon qilinuvchilar ikki yil avval barcha ayblovlarni rad etgan. Universitet esa o‘z tekshiruvini o‘tkazganini, ayrim talabalarga nisbatan chora ko‘rilganini va mazkur talabalar birlashmasi tarqatib yuborilganini ma’lum qilgan.

Ish bo‘yicha birinchi sud majlisi 23 oktyabrga belgilangan.

Kiritildi: 16:22 02.10.2026. O'qildi: 1217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!