Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Koreyada ruhiy nosog‘lom erkak harakatlanayotgan metroni yoqib yubordi

Koreyada ruhiy nosog‘lom erkak harakatlanayotgan metroni yoqib yubordi

Seul metrosida 67 yoshli Von familiyali pensioner vagonga benzin quyib, ichida to‘la odamlari bilan harakatlanib ketayotgan metroni yoqib yuborgan.

Natijada 22 nafar yo‘lovchi yong‘indan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilishiga to‘g‘ri kelgan. 128 nafar jabrlanuvchiga voqea joyida yordam ko‘rsatildi.

Seul metropoliteniga 330 million von zarar yetkazilgan.

So‘roq paytida Von rafiqasi bilan ajrashish natijalaridan norozi bo‘lgani uchun ijtimoiy xavfli jinoyat sodir etganini aytdi.

O‘t qo‘yish va yo‘lovchilarning hayotiga suiqasd qilishda ayblangan erkak hibsga olingan.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!